Teri turini qanday aniqlash mumkin?
Nega bu muhim?
Noto'g'ri tanlangan sovun terini quritishi yoki aksincha, yog'lanishni kuchaytirishi mumkin. Teri turingizni bilsangiz, parvarish ancha oson bo'ladi.
Oddiy uy testi
- Yuzingizni yumshoq sovun bilan yuving va sochiq bilan ohista quriting.
- Hech qanday krem surtmasdan 1 soat kuting.
- Peshona, burun, yonoq va iyagingizga qog'oz salfetka bosib ko'ring.
Natijalar
- Quruq teri — salfetkada iz yo'q, teri tortilgandek.
- Yog'li teri — barcha joyda yog' izi qoladi.
- Aralash teri — iz faqat peshona va burunda (T-zona).
- Sezgir teri — tez qizaradi, qichiydi, yangi vositalarga reaksiya beradi.
- Normal teri — ozgina iz yoki umuman yo'q, teri qulay.
Maslahat
Ikkilanayotgan bo'lsangiz, saytimizdagi Teri testidan o'ting — 5 ta savol orqali sizga mos sovun va skrablarni tavsiya qilamiz.